11:47 / 05.08.2019
3 710

Chilonzor tumanidagi restoran yonib ketdi

Chilonzor tumanidagi restoran yonib ketdi
2019 yil 4 avgust kuni soat 23:09da, Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasi 7-uyda joylashgan “Barkach” restoranning yordamchi va generator xonalari hamda tom qismi 40 kv.m maydonda yongan.

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘indan restoran binosining 2000 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 23:14da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 23:19da qurshab olinib, soat 23:20da bartaraf etilgan.

Yong‘in elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzor tumanidagi restoran yonib ketdi