12:50 / 05.08.2019
2 871

O‘zbekistondagi avtohalokatda uch nafar qozog‘istonlik halok bo‘ldi

O‘zbekistondagi avtohalokatda uch nafar qozog‘istonlik halok bo‘ldi
O‘zbekistonda sodir bo‘lgan avtohalokatda uch nafar qozog‘istonlik halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Daryo” nashri.
YTH 3 avgust kuni Navoiy viloyati hududidagi Nurota—Jizzax—Forish yo‘lida yuz bergan bo‘lib, Nexia qarama-qarshi tarafdan kelayotgan Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Nexia’da 7 nafar yo‘lovchi bo‘lib, ularning 2 nafari voyaga yetmagan shaxs bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida (1952, 2013 va 2016 yillarda tug‘ilgan) 3 nafar qozog‘istonlik fuqarolar halok bo‘lgan.

Yana uch nafar qozog‘istonlik jiddiy jarohat olib, Nurota tumani kasalxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ta’kidlanishicha, hozir ular hushiga kelgan, ammo ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

Xabarda aytilishicha, avtohalokatga uchragan Qozog‘iston fuqarolarining barchasi kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan. Shu sababli halok bo‘lganlarning qarindoshlari ularni O‘zbekistonda dafn qilishga qaror qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi avtohalokatda uch nafar qozog‘istonlik halok bo‘ldi