Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga o‘tdi

  • 05 avgust 2019, 19:45
  • 2 861
  • Jamiyat
  • Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga o‘tdi
    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati
    Shahnoza Mirziyoyeva Maktabgacha ta’lim vazirligi Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallagan. U shu vaqtga qadar Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan maktabgacha ta’lim vazirligi hay’ati a’zolari tarkibi tasdiqlangan va Mirziyoyevaning yangi lavozimi ko‘rsatilgan. Hay’at a’zolari tarkibi quyidagicha:

    1. Shin Agrepina Vasilevna ― Vazir
    2. Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich ― Vazirning birinchi o‘rinbosari
    3. Mamatqulov Shodiyor Abduvaxidovich ― Vazir o‘rinbosari
    4. Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ― Vazir o‘rinbosari
    5. Mirziyoyeva Shaxnoza Shavkatovna ― Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i
    6. Ten Yelena Gerasimovna ― Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i
    7. Olimov Qahramon Tanzilovich ― Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
    8. Yusupov Abdukahhor Djumanovich ― Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i
    9. Normatov Dilshod Xabibullayevich ―Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshlig‘i
    10. Eshpulatov Komiljon Abdusalomovich ― Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining rektori
    11. Usnatdinova Jumagul Sharapovna ―Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga o‘tdi