21:48 / 05.08.2019
2 930

Giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi

Giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
Bojxonachilar tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxon qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Qarshi shahrida fuqaro S. A. ikki dona gugurt qutisida joylangan 6,3 gramm marixuanna giyohvandlik vositasini 300 ming so‘mga pullayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolinadi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, Koson tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Yu. Yu.ning yashash xonadoni ko‘zdan ham xolislar ishtirokida kechirildi. Natijada, ushbu shaxs o‘z xonadonida 2 dona qog‘ozga o‘ralgan holatda marixuana giyohvandlik vositasini noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi fosh etildi.
Mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi