Joriy yilning 4 avgust kuni soat 6.00da Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani “Xalqobod” MFY hududidan o‘tuvchi A-376 “Jizzax-Qo‘qon” avtomobil yo‘lining 293 km.da Jizzax yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan, Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi fuqaro R.X.ga tegishli GAZ-53 rusumli yuk avtomobilida yong‘in kelib chiqqan.
FVV ma’lumotida aytilishicha, bu haqida xabarni shu yerdan o‘tayotgan fuqaro “101” raqamiga orqali yetkazgan. Mazkur murojaat yuzasidan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Jizzax shahar Yong‘in xavfsizlik bo‘limining yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi zudlik bilan voqea joyiga yetib boradi.
Qutqaruvchilar yong‘in joyiga yetib borganida, yuk avtomobilining motor va kuzov qismi alanga ichida qolganligi, agar olov avtomobilning bortiga o‘tsa, gaz ballonlarining portlash xavfi mavjudligi aniqlandi. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qisqa muddatda bartaraf etildi. Avtomobil haydovchisi esa kuyish tan jarohati bilan Jizzax shahar tez tibbiy yordam xizmati jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
5 avgust kuni shifokorlar tomonidan jabrlangan fuqaroga javob berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi