15:50 / 06.08.2019
3 156

Adliya vazirligi ishonchnoma bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritdi

Adliya vazirligi ishonchnoma bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritdi
Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmada avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma 2 ta nusxada rasmiylashtirilishi, uning 1 nusxasi fuqaro tomonidan 10 kun ichida hududiy DAN boshqarmalariga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilishi belgilangan.

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, bugungi kunda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan ishonchnomalar notarial idoralarda rasmiylashtirilgan vaqtda ushbu ishonchnomalar hududiy YHXDX organlariga hisobga olish uchun elektron tarzda yuboriladi va Yagona avtomatlashtirilgan tizimga kiritiladi.

Hukumatning mazkur qaroriga asosan Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2000 yil 29 maydagi 01-526, 24/8-855-son Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmasi amalda o‘z ahamiyatini to‘liq yo‘qotgan.

Shu sababli, Adliya vazirligi tomonidan ushbu hujjatni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqidagi loyiha tayyorlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi ishonchnoma bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritdi