16:43 / 06.08.2019
3 231

Dorixona auksionga qo‘yildi

Dorixona auksionga qo‘yildi
Majburiy ijro byurosi tizimida ijroga qaratilayotgan hujjatlarning aksariyati qarz undirish masalasi bilan bog‘liq. Xususan, turli banklardan bir qator tadbirkorlarning qarzdorligi holatlari bunga misol bo‘ladi.

Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limiga Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining yil boshidagi ijro hujjatiga asosan, Karmana tumanida dorixona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonadan DAT “Asaka bank” Navoiy filiali foydasiga 213 mllion so‘mdan ortiq qarz undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan edi. Joriy yilning o‘tgan davrida olib borilgan hatti-harakatlar samara bermagan, qarzdor korxona balansida bo‘lgan dorixona binosi 223 mllion so‘mga baholanib, E-IJRO auksion savdosi orqali sotuvga qo‘yildi.

Joriy yilning 26 iyul kuni mazkur obe’kt onlayn savdoga chiqarilgach, qarzdor MChJ tomonidan qarzdorlik to‘liq qoplanib, bank hisob raqamiga tegishli mabalag‘lar o‘tkazilib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dorixona auksionga qo‘yildi