00:04 / 07.08.2019
6 365

EPA – qurilishdagi ishonchli hamkoringiz

EPA – qurilishdagi ishonchli hamkoringiz
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, katta qurilishlar yoki uydagi xo‘jalik ishlari uchun sifatli mahsulotlarni sotib olish maqsadga muvofiq. Sababi, noto‘g‘ri tanlov – ko‘plab muammolar tug‘dirishi, hattoki, hayot uchun xavfli ham bo‘lishi mumkin.

EPA – sifat va unumdorlik uyg‘unligi
EPA kompaniyasi – 10 yildan beri O‘zbekiston bozorida elektr asbob-uskunalar, aksessuarlar va ehtiyot qismlarni taqdim etuvchi yetakchi kompaniya. Agarda siz katta qurilish ishlarini boshlagan bo‘lsangiz-u, biroq sifatli uskunalarga muhtojlik sezsangiz, EPA mahsulotlari siz uchun ayni muddao.

Respublikaning barcha hududlarida sotuvda
Mijozlar uchun yuqori sifatni ta’minlash hamda o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonning barcha viloyatlarida rasmiy do‘konlar va servis markazlari faoliyat olib bormoqda. Hozirda EPA 15 ta rasmiy do‘konlariga, 12 ta servis markazlariga va 1300 dan ortiq savdo nuqtalariga ega.


Mahsulotlar xilma-xilligi
Siz EPA do‘konlaridan kompressor, perforator, bolgarka, drel, suv nasoslari, payvandlash (svarka) uskunalari, qo‘l asboblari va shu kabi 200 dan ortiq xildagi asbob-uskunalar va aksessuarlarni xarid qilish imkoniga egasiz.

Shuningdek, mahsulotlarning maxsus ehtiyot qismlarini ham mazkur do‘konlardan topishingiz mumkin.

Mahsulotlar bilan kompaniya rasmiy saytida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin. Veb sayt manzili: EPA.uz

EPA mahsulotlari kafolatsiz sotilmaydi
Har bir mahsulot xarididan so‘ng mijozlarga kafolat varag‘i taqdim etiladi. Mijozlar mazkur kafolat varag‘i orqali mahsulotda kamchilik aniqlanganda rasmiy servis markazlariga murojaat etishlari mumkin. Kompaniya kafolat muddati vaqtida yuzaga kelgan nosozliklarni bepul bartaraf etishni o‘z zimmasiga oladi. EPA mahsulotlari kafolatsiz sotilmaydi.


EPA servis markazlari
Butun O‘zbekiston bo‘ylab rasmiy servis markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mijozlar uchun malakali mutaxassislar xizmat ko‘rsatadi. Servis markazlarda kafolat muddati ichida bepul xizmat ko‘rsatilishi bilan birga, EPA uskunalari uchun profilaktik tekshiruv ham bepul amalga oshiriladi. Shoshilinch vaziyatlarda ko‘chma servis xizmati sizga yordamga keladi.

Bonuslar
EPA kompaniyasida hamkor ustalar hamda hamkor sotuvchilar uchun maxsus bonus tizimi joriy etilgan. Ushbu bonus tizimida hamkor ustalar sotib olgan mahsulotlari uchun bonus ball olishsa, hamkor sotuvchilar esa sotgan mahsulotlariga qarab bonus olishadi. To‘plangan bonuslarni EPA kompaniyasi tomonidan beriladigan ajoyib sovg‘alarga yoki maxsus imkoniyatlarga almashtirish mumkin. Ba’zi hollarda sovg‘alar tariqasida Dubay, Antaliya va Qohira kabi shaharlarga yoki Tailandga sayohatlar taqdim etilishi ham mumkin.


EPA sizlarni do‘konlarda kutib qoladi!

Murojaat uchun telefon: +99895 400 04 00
Sayt: www.epa.uz
E-mail: [email protected]
Telegram: t.me/epacompany
Facebook: fb.com/epacompany
Instagram: instagram.com/epa_company
Reklama huquqi asosida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » EPA – qurilishdagi ishonchli hamkoringiz