19:35 / 06.08.2019
2 476

IIV: Ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning huquqlari kuchaytiriladi

IIV: Ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning huquqlari kuchaytiriladi
Foto: IIV
O‘zbekiston qonunchiligiga ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning tibbiy va ijtimoiy huquqlarini kuchaytirishga qaratilgan 10 dan ortiq o‘zgartish va 15 ga yaqin qo‘shimcha kiritish taklif etilmoqda. Bu haqda 5 avgust kuni Milliy matbuot markazida «Jasliq» koloniyasini tugatish to‘g‘risidagi qaror ijrosi va mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.

O‘zbekiston Prezidentining «Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoni ijro etish sohasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda «Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan «Jinoyat-ijroiya qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga o‘rnatilgan tartibda kiritilgan bo‘lib, hozirda mazkur qonun loyihasi o‘rganib chiqilmoqda.

Loyiha bilan O‘zbekiston Respublikasining 3 ta qonuni va Jinoyat-ijroiya kodeksiga ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning tibbiy va ijtimoiy huquqlarini kuchaytirishga qaratilgan 10 dan ortiq o‘zgartish va 15 ga yaqin qo‘shimcha kiritish taklif etilmoqda.

Jumladan:
- manzil-koloniyalarida ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan shaxslarning pensiya olish huquqi ta’minlanishi;
- yuqumli kasallikka chalingan mahkumlarni saqlash va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatishning yangicha tizimi joriy etilishi;
- tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarga sudning qonuniy hukmi kuchga kirgandan so‘ng jazoni o‘tash uchun jo‘natiladigan vaqt ichida qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan uchrashish va telefon orqali so‘zlashish, o‘zining ahvoli haqida xabar berish imkoniyati yaratilishini;
- ovqatlanishdan bosh tortayotgan mahkumlarning sog‘lig‘i tibbiy nazoratga olinishi;
- manzil-koloniyalarida jazoni o‘tayotgan homilador ayollar va emizikli onalarga respublika byudjeti hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari uchun mablag‘ ajratilishi;
- statsionar davolanishda bo‘lgan mahkumlarga qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan shifokor ruxsati bilan uchrashish huquqi berilishi;
mahkumlarning uchrashuvlari, telefon so‘zlashuvlari, oladigan posilka, yo‘qlov va bonderollarining soni oshirilishi;
- mehnatga jalb qilingan mahkumlarning ish haqidan ushlab qolish miqdorlari bo‘yicha qonunchilikdagi nomuvofiqliklar bartaraf etilishi;
- muddatidan ilgari shartli ozod qilish, shuningdek jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish rad etilgan mahkumlar mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lgan va o‘rnatilgan rejimga rioya qilgan taqdirda, ushbu masalaning qisqa muddatlarda qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlash nazarda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV: Ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning huquqlari kuchaytiriladi