20:32 / 06.08.2019
3 125

Elbek Shukurov «SSSR merosi» haqidagi o‘z so‘zlariga izoh berdi

Elbek Shukurov «SSSR merosi» haqidagi o‘z so‘zlariga izoh berdi
Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Elbek Shukurov Facebook’dagi sahifasida «SSSRdan meros – kim qayerga nima xohlasa qurib tashlayvergan» nomli o‘z posti yuzasidan izoh bilan chiqdi.

«Hurmatli vatandoshlar, uy-joylar buzilishi mavzusi bugungi kunda bizning jamiyatimiz uchun shu qadar og‘riqliki, ko‘pincha his-tuyg‘ular ortidan aytilgan so‘zlar ma’nosini anglab olishga ulgurmayapmiz. Ayniqsa, matn jurnalist tomonidan «bloknotdan» yozilgan bo‘lsa va undan ikki xil ma’noni uqish mumkin bo‘lsa.

Bu mening shaharni qayta qurish va uy-joylar buzilishi mavzusidagi, deputatlarga qaratilgan: "Bu voqealarda barchamiz yordam berishimiz kerak!” degan murojaatim bo‘ldi.

Ha, haqiqatdan ham, men shaharsozlikni rejalashtirish va qurilish uchun javobgar insonlar doim ham bu sohada, doim ham barcha qonunlarni, qarorlarni va tartiblarni, siz deputatlar kabi bilmasliklari mumkinligi to‘g‘risida aytgan edim. Bu haqiqat va biz buni inkor etsak g‘alati ko‘ringan bo‘lar edi. Men bu insonlarni oqlamayman, ammo biz uchun yangi bo‘lgan sohada barcha ham tez fursatlarda mutaxassis bo‘lib qolmasligini tushunaman. Deputatning vazifasi kimnidir ayblash va hujum qilish emas, balki yordam berishdir.

Chunki biz o‘zimiz bu qonunlarni taklif etamiz, o‘rganib chiqamiz, ularga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritamiz. Barcha ma’lumotlarni, normativ hujjatlarni, qonunlarni va qarorlarni chop etib, ularni hokimiyatning har bir ishchisiga ma’nosini tushuntirib berishga majbur bo‘lgan fuqarolarga emas, balki hokimiyatdagi xodimlarga yetkazish - bu bizning javobgarlik hududimizdir.

Ikkinchisi: «Hamma to‘g‘ri kelganday va rejasiz qurishi - bu Sobiq Ittifoqdan qolgan meros». Yaxshi va «hayp» mavzudagi, ammo noto‘g‘ri sarlavha, va gapimning asl mazmunini noto‘g‘ri tushuntirish.

Sobiq Ittifoq merosining doirasi juda keng. Toshkentning zilziladan so‘ng qayta qurilishi, xalqlar do‘stligi tufayli uning dunyodagi eng yaxshi shaharlaridan biriga aylanishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari «Qayta qurish» davridagi yillarda esa, yirik davlat parchalanishi guvohi bo‘ldik. Dastlabki yer egalari va ishbilarmonlar paydo bo‘ldi. Birdan barcha rejali qurilishlar yo‘qqa chiqdi, qurilish normalari buzila boshladi va eng asosiy rol «kelisha olish» mahoratiga ega bo‘lganlarning oshig‘i olchi bo‘lgan davr keldi.

Aynan shu vaqtdan yerlarni egallab olish, o‘zbilarmoncha qurish boshlandi va shaharning ba’zi joylari xunuk ko‘rinish oldi. Bu inersiya bizning kunlarimizgacha yetib keldi. Hozir biz, ba’zi binolar umuman o‘z joyida qurilishi mumkin bo‘lmagan ushbu «meros»ni nima qilish ustida bosh qotiryapmiz. Matndan kapital uy yoki yoqilg‘i quyish shahobchasi ko‘proq birlamchi ekanligini tushunish mantiqan, to‘g‘rimi?

Sizlarning o‘zingiz nuqtali qurilishlardan, hovlilarda bo‘lishi mumkin bo‘lmagan ob’ektlardan ko‘proq zarar ko‘rasiz. Aynan hozir o‘zimiz to‘g‘rilayotgan xatolarga yana yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlashimiz lozim. Aynan shu narsa to‘g‘risida men deputatlarga, ular bir narsani tushunishlari uchun gapirdim: agar biz vakolatli parlament bo‘lishni istasak, chetda qarab turmasligimiz lozim.

Men ma’lumotlar o‘zgargan holda yetkazilgan insonlarning his-tuyg‘ularini juda yaxshi tushunaman. O‘zim ham xuddi shunday munosabatda bo‘lgan bo‘lar edim. Jurnalist o‘zi tushunganday yozishga haqli. Men esa nima demoqchi bo‘lganimni tushuntirib berishga haqliman.

Bizning umumiy maqsadimiz - gullab-yashnagan, go‘zal, o‘z qiyofasini saqlab qolgan, yashash uchun ideal bo‘lgan, do‘stona Toshkentdir. Birinchi o‘rinda bu, biz shahar fuqarolari uchundir. Buning uchun bizga eng asosiysi, hamma o‘z ishi bilan professional tarzda shug‘ullanishigina kerak xolos.

Hurmat bilan, Elbek.

Men o‘z so‘zlarim bilan, qaysidir joyda noto‘g‘ri izohlab, kimningdir ko‘ngliga qattiq tekkan bo‘lsam, barchadan uzr so‘rayman. Men vatanimiz va shahrimiz uchun birinchi o‘rinda davlat xizmatchisi emas, shahar va davlat fuqarosi sifatida qayg‘uraman», - deb yozadi Shukurov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elbek Shukurov «SSSR merosi» haqidagi o‘z so‘zlariga izoh berdi