09:18 / 07.08.2019
3 571

Jarimaning 70 foizi to‘lansa, qolganidan ozod bo‘lish mumkin bo‘ladi

Jarimaning 70 foizi to‘lansa, qolganidan ozod bo‘lish mumkin bo‘ladi
Huquqbuzar jarima solish haqida qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinishi bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi modda kiritilmoqda.

Rasul Kusherbayevning xabar berishicha, kecha qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Kodeksga yangi kiritilayotgan 332-1 moddaga ko‘ra:
- ma’muriy jarima sud tomonidan tayinlanganda;
- jarima solish to‘g‘risidagi qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest berilganda;
- xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda ushbu tartib qo‘llanilmaydi.

O‘tgan davrda Ichki ishlar organlari tomonidan solingan jarimalarning ixtiyoriy ravishda to‘langan ko‘rsatkichlari baland emasligi ma’lum bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 2017 yilda 43 foizni, 2018 yilda esa 55 foizni tashkil etgan.

Xorijiy mamlakatlar qonunchiligida (Angliya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Rossiya, Qozog‘iston kabi) huquqbuzar jarimaning 70 yoki 50 foizini qonunchilikda belgilangan muddatda (joyning o‘zida yoki 7, 15, 20 yoxud 21 kunda) to‘lasa jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinishi belgilangan.

Yodda tutish kerakki, ushbu qonun loyihasi qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi hamda mazkur qonun kuchga kirgandan so‘ng chiqarilgan jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarga tatbiq etiladi.

Yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq jarimalarni to‘lash masalasi fuqarolarni nisbatan ko‘proq bezovta qilishini inobatga olib, kameralar bilan bog‘liq jarayonda muammolar kelib chiqmasligi uchun loyiha ustida ko‘proq tortishishga to‘g‘ri keldi, deb yozadi deputat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jarimaning 70 foizi to‘lansa, qolganidan ozod bo‘lish mumkin bo‘ladi