09:43 / 07.08.2019
2 996

Toshkentning Mustaqillik ko‘chasida yirik YTH sodir bo‘ldi

Toshkentning Mustaqillik ko‘chasida yirik YTH sodir bo‘ldi
6 avgust kuni taxminan 21:30 da Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik ko‘chasi «Pushkin» metrosi yaqinida uch avtomobil ishtirokida jiddiy YTH sodir bo‘ldi. Hodisa sodir bo‘lgan uchastkada bir qancha vaqt davomida harakat cheklandi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, qurbonlar yo‘q. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, xorij avtomobilining 33 yoshli haydovchisi Sh. J. boshqaruvni yo‘qotib, ikkita yengil avtomobil bilan to‘qnashgan. YTH sabablari o‘rganilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan Nissan GT-R35 avtomobilining old qismi pachoqlanganini ko‘rish mumkin. Spark esa ajratib turuvchi to‘siqdan oshib, qarama-qarshi tomonga o‘tib ketgan va chiroq ustunini qiyshaytirgan. Yana bir mashina — Matiz yo‘l chetidagi piyodalar yo‘lagini ajratib turuvchi to‘siqqa urilgan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, 21:45, 21:55 va 22:00 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga uch nafar jabrlanuvchi olib kelingan. Matiz haydovchisining ahvoli og‘ir ekani va jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani ma’lum qilindi. Axborot manbalarining so‘zlariga ko‘ra, jarohat olgan shaxslarning ikki nafari huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentning Mustaqillik ko‘chasida yirik YTH sodir bo‘ldi