15:52 / 07.08.2019
3 900

Toshkentda qarama-qarshi yo‘nalishda «Lasetti»lar poygasi bo‘lib o‘tdi (video)

Toshkentda qarama-qarshi yo‘nalishda «Lasetti»lar poygasi bo‘lib o‘tdi (video)
Foto: Videolavhadan skrinshot
Toshkent ko‘chalarida navbatdagi «poyga» bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqlarda qarama-qarshi yo‘nalishda quvishib ketayotgan ikki «Lasetti» avtomobilining videosi tarqab ketdi.

Tasvir o‘z yo‘nalishida harakatlanayotgan avtomobil yo‘lovchilari tomonidan olingan. Videoda avvaliga oq «Lasetti» qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgani ko‘rinadi. Biroz o‘tgach, avtomobilning old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi YPX inspektori ekanini ko‘rish mumkin. U qo‘lida YPX inspektorining jezlini ko‘tarib borayotgani tasvirlangan.

Qoidabuzar «Lasetti» esa uzoq planda ko‘zga tashlanadi. U avval qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi va keyin qayrilib olib, yo‘lni ikkiga ajratib turgan beton to‘siqdan oshib o‘tib, yon ko‘chalardan biriga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.

Ta’kidlash joiz, qoidabuzar «Lasetti»ni ta’qib qilib borgan avtomobil YPX xizmat avtomobili emas.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qarama-qarshi yo‘nalishda «Lasetti»lar poygasi bo‘lib o‘tdi (video)