22:43 / 07.08.2019
3 999

Qarshi tumani IIB boshlig‘i aybiga iqror bo‘lib, fermerdan uzr so‘radi (foto)

Qarshi tumani IIB boshlig‘i aybiga iqror bo‘lib, fermerdan uzr so‘radi (foto)
«Daryo» internet nashrida Qarshi tumani IIB boshlig‘i Bahodir Arslonov tumanning «Charog‘il» hududida faoliyat yurituvchi fermer Bekzod Farmonovning xonadoniga kirib, tintuv o‘tkazgani va fermerning ayoli qo‘lidagi telefonni tortib olgani haqidagi «Militsiya boshlig‘i uyimga bostirib kirib tintuv o‘tkazgach, bolalarim qo‘rqib ketgan». Qashqadaryolik fermer IIB boshliqlarining navbatdagi zo‘ravonligini fosh etdi» sarlavhali maqola chop etilgandi.

6 avgust kuni tuman IIB boshlig‘i Bahodir Arslonov o‘z qilmishiga iqror bo‘lib, fermerdan uzr so‘radi. Fermer Bekzod Farmonov esa IIB boshlig‘ini kechirib, o‘rtadagi gina-kudratni unutishga va’da berdi.

Bekzod Farmonovning ma’lum qilishicha, muammo internet saytida e’lon qilingach, IIB boshlig‘i 5–6 marta uzr so‘ragan. Hatto fermerning dalasiga borib, dalada ham xato qilganini tan olib, bunday xatti-harakat takrorlanmasligiga va’da bergan. Fermer esa bu muammo internetda tarqalganini aytib, uzr so‘rash ham interent saytlarida e’lon qilinishini talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Daryo»da Qarshi tumani IIB boshlig‘ining zo‘ravonligi xususida maqola chop etilgach, Qashqadaryo viloyat IIB ushbu maqolani rad etib chiqdi. Bundan avvalroq esa Kasbi tuman IIB boshlig‘i tumandagi fermerlarga o‘zboshimchalik bilan jazo qo‘llagani uchun Ichki ishlar vazirligi tomonidan bo‘shatilgandi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarshi tumani IIB boshlig‘i aybiga iqror bo‘lib, fermerdan uzr so‘radi (foto)