22:17 / 07.08.2019
3 101

Akmal Saidov: «Maktablarni pulli qilish — Konstitutsiyani buzish»

Akmal Saidov: «Maktablarni pulli qilish — Konstitutsiyani buzish»
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori Akmal Saidov ishtirokida «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori ijrosi yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Akmal Saidov bolalar huquqini himoya qilish maqsadida turar joy va fuqaroligidan qat’iy nazar barcha ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi kafolatlanishini ta’kidladi.

«Men bir masalada alohida to‘xtalishni istar edim: so‘nggi vaqtda ijtimoiy tarmoq va aholi o‘rtasida ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan umumta’lim maktablarining pulli qilinishi va shu kabi masalalarning barchasi — asossiz da’vo. Konstitutsiyamizning 41-moddasida aynan O‘zbekistonda umumta’lim maktablar bepul ekanligi ko‘rsatilgan. Asosiy qonunni buzish, unga qarshi ishlash aslo mumkin emas», — dedi Akmal Saidov.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 469-qarorida Toshkentdagi 81 ta maktabda 1-sinfga qabul uchun tajriba sifatida pulli qabulni ko‘zda tutuvchi yangi tizim joriy qilinib, tanlab olingan maktablarga qabul asosiy va qo‘shimcha kvota asosida tashkil etilishi belgilangan edi. Qo‘shimcha kvota uchun ota-ona pul to‘lashi aytilgan.

Qo‘shimcha kvota bo‘yicha umumta’lim muassasalariga qabul qilish uchun bir bolaga nisbatan nazarda tutilgan holatlarning har bir bandi bo‘yicha ota-onalarning ixtiyoriy roziligi asosida eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir martalik yig‘imlar undirilishi ko‘zda tutilgan edi. Ushbu qaror keng jamoatchilik e’tirozlari va muhokamasiga sabab bo‘lgach, 81 ta maktabda qo‘shimcha kvota bo‘yicha pullik qabul amalga oshirilmaydigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Akmal Saidov: «Maktablarni pulli qilish — Konstitutsiyani buzish»