11:26 / 08.08.2019
2 949

11 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan test sinovlari boshqa muddatga ko‘chirildi

11 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan test sinovlari boshqa muddatga ko‘chirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida» 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4413-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi munosabati bilan joriy yilning 11 avgust kuni o‘tkaziladigan test sinovlari boshqa muddatga ko‘chirildi.

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, test sinovlari quyidagi muddatlarga ko‘chirilgan (abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bino va soat o‘zgarmagan holda):

Qashqadaryo viloyatida - 12 avgust kuni;
Farg‘ona, Jizzax va Navoiy viloyatlarida - 13 avgust kuni;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlarida - 14 avgust kuni;
Buxoro viloyatida – 15 avgust kuni o‘tkaziladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 11 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan test sinovlari boshqa muddatga ko‘chirildi