16:03 / 08.08.2019
2 913

Noqonuniy ish keltirar tashvish

Noqonuniy ish keltirar tashvish
J.Turdiyev 07.09.2018 yilda o‘ziga tegishli bo‘lgan tumandagi “Uzunsoy” mahallasida joylashgan xonadonida elektr xisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan elektr energiya tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Majburiy ijro byuroning tuman bo‘limi tomonidan 04.10.2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 101-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida ma’muriy jarima jazosi tayinlangan hamda ushbu jarimani to‘liq to‘lab bergan.

Bundan o‘ziga tegishli hulosa chiqarmagan J.Turdiyev elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishni avzal ko‘rib, yana qing‘ir ishga qo‘l urdi.
Majburiy ijro byurosi Sherobod bo‘limi xodimlari tomonidan 16.07.2019 yilda o‘tkazilgan xatlovda fuqaro J.Turdiyev yashash xonadonida elektr xisoblagichdan tashqari tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan xolda noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Holat bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu fuqaro qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, belgilangan muddat ichida zararni to‘liq bartaraf etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noqonuniy ish keltirar tashvish