18:33 / 08.08.2019
3 434

«Vatanga muhabbatni inglizchada yozmasa, haqiqiy muhabbat bo‘lmaydimi?!»

«Vatanga muhabbatni inglizchada yozmasa, haqiqiy muhabbat bo‘lmaydimi?!»
I‘ning o‘rniga "Men" desa bo‘lmaydimi?! Yo vatanga, makonga muhabbatni inglizchada yozmasa haqiqiy muhabbat bo‘lmaydimi?!

Yana Toshkentning kalitini ruslarga topshirgan arboblardan xafa ham bo‘lib qo‘yamiz. Ularning ishi majburiyat, qo‘rquv va qo‘rqoqlikdan bo‘lgan. Ammo bizning bu qilig‘imizni nimalar bilan izohlash mumkin?!

Eng yomoni bunday izhorotlar butun mamlakatni bosib ketgan. Angliya yo Rossiya bizni bemalol mustamlakasi deb e’lon qilsa ham bo‘laveradi. Chunki biz ma’naviy kalitimizni topshirishga tayyormiz. U bizning qalbimiz kaliti, ongimiz kaliti. Biz ularga fikr, aql, qalb va hatto tilda ham tobemiz.

Bundan ayrimlarimiz do‘ppimizni, eee uzr, kepkamizni osmonga otamiz. Buni aqliy-qalbiy tobelik deyiladi. Fikr va yurakda tobe bo‘lganni moddiy-haqiqiy tobe qilish hech qiyin ish emas. Chunki moddiy tobelikdan ko‘ra fikriy va hissiy tobelik ancha kuchli bo‘ladi.

Mubashshir AHMAD

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Vatanga muhabbatni inglizchada yozmasa, haqiqiy muhabbat bo‘lmaydimi?!»