00:28 / 09.08.2019
3 487

Mirobod tumanida Lacetti va Nexia to‘qanashib ketdi

Mirobod tumanida Lacetti va Nexia to‘qanashib ketdi
7 avgust, chorshanba kuni saot 23:55 da Mirobod tumani Sarakul va Yangi Zamon ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, deya xabar berdi Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi.

29 yoshli Farhod M. boshqargan Lacetti rusumli avtomobil 24 yoshli Alisher U. boshqarib borgan Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. YTH natijasida Lacetti haydovchisi va uning yo‘lovchisi bo‘lgan 50 yoshli otasiga tan shikastlari yetgan bo‘lib, ular tibbiy yordam uchun murojaat qilgan.

Lacetti haydovchisi chorrahada o‘tish huquqi bo‘lgan Nexia rusumli avtomobilni o‘tkazib yubormagani oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirobod tumanida Lacetti va Nexia to‘qanashib ketdi