12:53 / 09.08.2019
4 302

Eng foydali meva qaysi ekanligi ma’lum qilindi

Eng foydali meva qaysi ekanligi ma’lum qilindi
Mutaxassislar o‘rikni eng foydali meva deb atashdi. O‘rikni har kuni iste’mol qilish ko‘plab xastaliklarning rivojlanishini oldini oladi. Bu haqda “Izvestiya” nashriga tayanib Sof.uz xabar qildi.

Shifokorlarning qayd etishicha, o‘rik yurak-qon tomir tizimi yoki buyrak kasalliklaridan aziyat chekuvchi kishilar uchun juda foydali hisoblanadi.

Shuningdek, bu meva homilador ayollar uchun ham foydali.

Xabarda o‘rik kam kaloriyali mahsulot ekani, biroq shunga qaramasdan uning tarkibida xolesterinni pasaytirib, butun organizmning hayotiy faolligini oshiradigan foydali moddalar mavjudligi qayd etilgan.

Qolaversa, o‘rik organizmdan toksin va shlaklarni chiqarib tashlash xususiyatiga ega. Diyetologlar ortiqcha vaznga qarshi kurashishda o‘rikning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eng foydali meva qaysi ekanligi ma’lum qilindi