18:35 / 09.08.2019
3 340

Testda singlisiga yordam bermoqchi bo‘lgan nazoratchi qo‘lga tushdi (video)

Testda singlisiga yordam bermoqchi bo‘lgan nazoratchi qo‘lga tushdi (video)
Xabaringiz bor ayni vaqtda yurtimiz OTMlariga kirish uchun test sinovlari davom etmoqda.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan test jarayonlarining birida quyidagicha voqea kuzatildi: imtihon nazoratchisi abituriyentlardan biriga yordam berishga uringan, ya’ni nazoratchi abituriyentning savollar kitobchasini telefonda suratga olgan. Hodisa kuzatuv kameralarida aks etgan.

Surishtiruvlar natijasida abituriyent ushbu nazoratchining singlisi bo‘lib chiqdi. DTMning Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i Nosir Eshonqulovning aytishicha, nazoratchi Samarqand shahridagi umumta’lim maktablaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Testda singlisiga yordam bermoqchi bo‘lgan nazoratchi qo‘lga tushdi (video)