23:36 / 09.08.2019
3 937

Xorazmda 15 ta qoramol tiriklayin yonib ketdi

Xorazmda 15 ta qoramol tiriklayin yonib ketdi
Foto: FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi
8 avgust kuni Xorazm viloyati Yangibozor tumani Boshqir sheyx qishlog‘i «Jayxun» MFYda joylashgan «Yo‘ldosh ota Xursandbek» fermer xo‘jaligining dala shiyponidagi molxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea joyiga yetib borgan 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasining harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Molxonaning 80 kvadrat metr maydoni va 5 bosh qora mol yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida molxonaning 40 kvadrat metr maydoni tomi va u yerda saqlangan hashak yonib zararlangan, shuningdek, 15 bosh qora mol va 2 ta qo‘y nobud bo‘lgan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda 15 ta qoramol tiriklayin yonib ketdi