10:35 / 10.08.2019
3 068

«Kaptiva» olib beraman deb, tanishining 106 mln so‘mini ishlatib yuborgan fuqaro qo‘lga olindi

«Kaptiva» olib beraman deb, tanishining 106 mln so‘mini ishlatib yuborgan fuqaro qo‘lga olindi
2018 yil 11 fevral kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tuman IIO FMBga hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, 2017 yil 12 aprel kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi 27 yoshli M.M. O‘rikzor 2-tor ko‘chasida yashovchi 40 yoshli A.S.ga tanishlari orqali avtosalondan “Kaptiva” rusumli avtomashina olib chiqib berishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, 106 573 000 so‘m pulini olib bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida M.M. ushlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Kaptiva» olib beraman deb, tanishining 106 mln so‘mini ishlatib yuborgan fuqaro qo‘lga olindi