11:09 / 11.08.2019
3 087

Sherzod Shermatov: «Chiroyli raqamlarga sarflangan pul – barcha o‘quvchilarning darslik ijarasi uchun to‘lagan pulidan ko‘proq»

Sherzod Shermatov: «Chiroyli raqamlarga sarflangan pul – barcha o‘quvchilarning darslik ijarasi uchun to‘lagan pulidan ko‘proq»
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zining Facebookʼdagi sahifasida xalqimizga murojaat qildi. O‘z murojaatida vazir Qurbon hayiti arafasida xayr ehson qilmoqchi bo‘lganlarni ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari uchun kitob olish uchun yordam berishga chaqirdi:

"Yaqinda internetda “Kitob ijarasiga pul topa olmagan o‘quvchiga kitob berilmagan!” nomli sarlavha bilan turli xabarlar tarqatilib, bir oila misolida katta shov-shuv ko‘tarilgandi. Hududiy boshqarmamiz va mahalliy hokimiyat tomonidan ushbu oilani topib yordam ko‘rsatildi, tekinga olishi kerak bo‘lgan kitoblari ham berildi.

Albatta, hozirgi vaqtda shov-shuv ketidan quvish internetda “trend”ga aylanib boryapti. Lekin nazarimizda mana shunaqa holatlarda faqat kimnidir ayblab, yosh qizchaning ko‘z yoshi orqali xayp ko‘tarish muammoga yechim bo‘la olmaydi. Undan ko‘ra yurtdoshlarimizni shu kabi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining kelajakda muvaffaqiyatga erishishlariga imkon boricha yordam qo‘lini cho‘zishga chorlasak yanada ma’qul ish bo‘lardi.

Bu quruq shov-shuv ko‘tarib, amalda hech ish qilmaslikdan yaxshiroq. Ijtimoiy tarmoqlarda ana shunday oilalarga ko‘rsatiladigan ko‘mak berish imkoniyatlarini #Yaxshilikka_chorla #Quvonch_ulash xeshteglari bilan yoritib borish ham mumkin. Bu orqali odamlarning ko‘ngliga yaxshilik urug‘larini sochgan bo‘lamiz.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sherzod Shermatov: «Chiroyli raqamlarga sarflangan pul – barcha o‘quvchilarning darslik ijarasi uchun to‘lagan pulidan ko‘proq»