16:00 / 11.08.2019
4 454

Qoʻqon Jahon hunarmandlar shaharlari roʻyxatiga kiritildi

Qoʻqon Jahon hunarmandlar shaharlari roʻyxatiga kiritildi
Qoʻqon birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkazilishi arafasida Jahon hunarmandlar shaharlari roʻyxatiga (World Craft City) kiritildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Shu munosabat bilan, Jahon hunarmandchilik kengashi (World Craft Council) prezidenti Rozi Grinlis va Jahon hunarmandchilik kengashining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (WCC-APR) boʻyicha prezidenti Gada Xijavi-Kaddumi quyidagilarni taʼkidlab oʻtishdi.

“Jahon kengashiga berilgan ariza evaziga, biz hunarmandchilik Qoʻqon shahri madaniyati va sanoatida katta rol oʻynashi haqidagi xulosaga keldik. Qoʻqon hunarmandlar shaharlari jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallashi quvonarlidir. Qoʻqon roʻyxatga kiritilishi bilan bogʻliq oʻz majburiyatlarini bajarishi va butun dunyo hunarmandlari uchun umumiy platforma yaratish maqsadida xalqaro almashuvlarni kengaytirishi, hunarmandchilik shaharlari tarmogʻidagi boshqa shaharlar bilan faol hamkorlik qilishiga umid qilamiz”, deb aytgan Rozi Grinlis.

Oʻz navbatida, Gada Xijavi-Kaddumi Qoʻqonning ushbu muvaffaqiyati uchun samimiy quvonch bildirgan va Oʻzbekiston rahbariyati va xalqiga oʻz madaniy merosini saqlashi va yanada koʻpaytirishida ulkan zafarlar tilab qolgan.

Taʼkidlash joiz, Jahon hunarmandlar shaharlari roʻyxati 2014-yildan beri mavjud boʻlib, unga ayni vaqtda dunyoning 30 shahri kiritilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi 2019-yil martidan Jahon hunarmandchilik kengashiga aʼzolikka qabul qilingan.
Qoʻqonda joriy yilning 10-15-sentyabr kunlari Xalqaro hunarmandchilik festivali boʻlib oʻtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoʻqon Jahon hunarmandlar shaharlari roʻyxatiga kiritildi