13:32 / 12.08.2019
4 234

Qiziq voqea: Oʻzbekiston termasi uchinchimas, ikkinchi oʻrin bilan taqdirlandi

Qiziq voqea: Oʻzbekiston termasi uchinchimas, ikkinchi oʻrin bilan taqdirlandi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Moskva viloyatining Dmitrov shahrida Xalqaro armiya oʻyinlari doirasida oʻtkazilgan “Sodiq doʻst” musobaqasi oʻz nihoyasiga yetib, unda vakillarimiz 3-oʻrinni qoʻlga kiritgani haqida xabar berilgan.

Ammo 11-avgust kuni boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida qiziq bir holat boʻldi. Yaʼni unda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan yurtdoshlarimiz 3-oʻringa emas, shohsupaning 2-oʻriniga munosib koʻrildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Gap shundaki, yakunda Oʻzbekiston bilan Belarus jamoalari deyarli teng ball yigʻishgan edi. Shunga koʻra, birinchi oʻrinni Rossiya Federatsiyasi, ikkinchi oʻrinni Belarus va uchinchi oʻrinni Oʻzbekiston jamoasi qoʻlga kiritgani oydinlashdi. Ammo 11-avgustda boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida mamlakatimiz nomidan qatnashgan shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Sodiq Dilmurodovning “Klift” laqabli xizmat iti bilan rekord oʻrnatgani hakamlar hayʼtining qarori oʻzgarishiga sabab boʻldi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
– Taqdirlash marosimi boʻlayotgan payt bizni va Belarus jamoalarini ikkinchi oʻrin sohibi, deya eʼlon qilishdi, tabiiyki, biz bundan hayratga tushdik, – deydi vakillarimizga rahbarlik qilgan podpolkovnik Ulugʻbek Joʻrayev. – Keyin bildikki, oʻsha rekordchimiz bizni uchinchi oʻrindan ikkinchi oʻringa olib chiqqan ekan. Baribir yaxshi boʻldi. Uchinchi oʻrin esa oʻz-oʻzidan ballar hisobida bizdan keyinda kelayotgan Qozogʻiston jamoasiga nasib etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qiziq voqea: Oʻzbekiston termasi uchinchimas, ikkinchi oʻrin bilan taqdirlandi