16:28 / 12.08.2019
2 745

Singlisiga yordam berishga uringan test nazoratchisi o‘z ixtiyori bilan ishdan ketdi

Singlisiga yordam berishga uringan test nazoratchisi o‘z ixtiyori bilan ishdan ketdi
Samarqandda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilayotgan imtihonlar davomida nazoratchilardan biri o‘z singlisiga yordam berishga urinayotgan vaqtda qo‘lga tushgan edi. 7 avgust kuni bo‘lib o‘tgan imtihonlarda yuqoridagi qing‘irlikka qo‘l urgan aka o‘z ixtiyoriga ko‘ra ishdan ketdi. Bu haqida Zarnews.uz yozmoqda.

1993 yil tug‘ilgan T.F. Samarqand shahridagi 72-umumta’lim maktabida direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. U test imtihonlariga nazoratchi etib tayinlangan va bundan foydalanib, o‘z singlisiga yordam berishga uringan. Singlisining savollarini telefonda videoga olishga uringan T.F. qo‘lga tushgan.

T.F. 9 avgust kuni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan. T.F.ga imtihonlar vaqtida qilgan qing‘irligi uchun qanday chora ko‘rilgani aniq emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Singlisiga yordam berishga uringan test nazoratchisi o‘z ixtiyori bilan ishdan ketdi