17:16 / 12.08.2019
3 705

Qing‘ir ishning "qiyig‘i chiqdi"...

Qing‘ir ishning "qiyig‘i chiqdi"...
Ayrim fuqarolar foydalangan energiya resurslari uchun to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan bo‘lsa, ayrimlari esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri noqonuniy yo‘llar bilan foydalanishni o‘zlariga ma’qul ko‘rishdi. Lekin qing‘ir ishni qiyig‘i chiqadi degan naql borligini hamma yaxshi biladi.

Majburiy ijro byurosi Ulug‘nor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan MFY larda olib borilayotgan nazorat tadbirlari davomida ayrim xonadonlarda elektr energisidan o‘g‘irlik yo‘llari bilan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlanib, qoidabuzarlik dalolatnomalari rasmiylashtirilgan va xonadonlar elektr tarmog‘idan ajratilgan.

2019 yil 7 avgust kuni Majburiy ijro byurosi Ulug‘nor tuman bo‘limi binosida mana shunday fuqarolarning 9 nafariga nisbatan ma’muriy ishlar bo‘yicha Ulug‘nor tuman sudining sayyor sudi bo‘lib o‘tdi.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi oqibatida yetkazilgan 8 mln 167 ming so‘m zararlarni undirish va 5 mln 412 ming 480 so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llash haqida sudning qarori chiqarildi.

Bu hali hammasi emas ushbu qoidabuzar 9 nafar fuqarolar elektr tarmog‘iga qayta ulanishlari uchun endi eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida to‘lov qilishlari ham kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qing‘ir ishning "qiyig‘i chiqdi"...