18:16 / 12.08.2019
2 683

Tushuntirish ishlari o‘z samarasini berdi

Tushuntirish ishlari o‘z samarasini berdi
Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudining 26.07.2019 yildagi ajrimiga asosan qarzdor - Toshloq tumanida yashovchi fuqaro O.Mamasiddiqovdan undiruvchi - Toshkent shahida joylashgan farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona foydasiga 106 mln. 515 ming so‘m undirish belgilangan.

Aslida, qarzdor O.Mamasiddiqov jamiyatdan juda ko‘p miqdordagi dori-darmonlarni haqini to‘lamasdan nasiyaga olib, keyinchalik ularni sotishdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgandi.

Majburiy ijro byurosining Toshloq tuman bo‘limiga shu haqdagi ijro hujjati 29.07.2019 yilda kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Davlat ijrochisi tomonidan 06.08.2019 yilda qarzdor O.Mamasiddiqovga sud hujjati talabining ixtiyoriy bajarilishi lozimligi va boshqa qonun talablari to‘liq tushuntirilgan.

Sud qarori ijrochisini o‘ziga belgilangan ixtiyoriy muddat davomida bajarish ortiqcha harajatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini anglagan qarzdor O.Mamasiddiqov korxona foydasiga 106 mln. 515 ming so‘m pul mablag‘larini to‘liq to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tushuntirish ishlari o‘z samarasini berdi