08:10 / 13.08.2019
3 860

Prezident videoselektorda bu yilgi paxta terimiga byudjet tashkilotlari olib chiqilmasligi haqida eslatdi

Prezident videoselektorda bu yilgi paxta terimiga byudjet tashkilotlari olib chiqilmasligi haqida eslatdi
12 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oshirish, ulardan samarali foydalanish, investitsiyalarni, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda prezident ko‘plab masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Selektorda so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev bu yil paxta yaxshi bo‘layotgani, uni yetishtirish uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini aytdi.

«Bu yil paxtada suvdan ham, o‘g‘itdan ham muammo bo‘lmadi. Zararkunandalardan tozalash uchun ham 14 milliard so‘m oldik», — dedi Qashqadaryo viloyat hokimi.

Prezident Ro‘ziyevning paxta haqidagi gaplaridan so‘ng barcha hokimlarga bu yil paxta terimiga byudjet tashkilotlari jalb qilinmasligini eslatib o‘tdi.

«Bu yil paxta [terimi]ga maktab, institut — umuman, birorta byudjet tashkilotlari olib chiqilmaydi, eslaringdan chiqmasin», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident videoselektorda bu yilgi paxta terimiga byudjet tashkilotlari olib chiqilmasligi haqida eslatdi