12:36 / 13.08.2019
3 273

Xivada «Qovunlar festivali» boshlandi. G‘olib Spark bilan taqdirlanadi (foto)

Xivada «Qovunlar festivali» boshlandi. G‘olib Spark bilan taqdirlanadi (foto)
Foto: Xorazm viloyat turizmni rivojlantirish departamenti
Xivada «Qovunlar festivali» boshlandi. Bu haqda Xorazm viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatiga tayanib «Daryo» ma’lum qildi.
Mazkur festival shu yil 11—13 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo Qurbon Hayiti munosabati bilan 13 avgustga qoldirildi.

Tadbir doirasida qovun va boshqa poliz mahsulotlari, meva-sabzavotlar ko‘rgazmasi va sotuvidan tashqari mahalliy folklor-etnografik guruhlar, estrada xonandalarining chiqishlari, teatrlashtirilgan sahna tomoshalari ham taqdim etiladi.

Foto: Xorazm viloyat turizmni rivojlantirish departamenti
Festival g‘oliblariga Spark avtomobili, traktor va mototsikllar berilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Xorazm viloyat turizmni rivojlantirish departamenti

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xivada «Qovunlar festivali» boshlandi. G‘olib Spark bilan taqdirlanadi (foto)