11:44 / 13.08.2019
2 783

Qamoqdan ozod, mehrdan emas

Qamoqdan ozod, mehrdan emas
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining qaroriga asosan undiruvchi A.Ibragimova foydasiga qarzdor Sh.Ismailovdan aliment undirish bo‘yicha ijro hujjatlari ijrosi amalga oshirildi. Qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etmayotgan otaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, Guliston tuman ma’muriy sudining qaroriga ko‘ra 15 sutka qamoq jazosi tayinlangandi.

Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan ota ish bu darajaga yetishini xayoliga ham keltirmagandi. Sud jarayonida qarzdor o‘ziga tegishli xulosa chiqarib olganligini aytib, agar hozir imkoniyat berilsa mavjud 2 178 317 so‘m aliment pullarini to‘lashini aytadi. Qarzdor tomonidan aliment pullari to‘liq to‘langanligi sababli Sh. Ismailov qamoq jazosidan ozod etildi.

Biroq, bolasi uchun moddiy va ma’naviy ko‘mak berishga to farzandi voyaga yetgunicha mas’ul ekanligi, ozod etilmaganligi to‘g‘risida jiddiy ogohlantirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamoqdan ozod, mehrdan emas