12:12 / 13.08.2019
3 322

Sektor a’zolari kelib-ketgach, mahalla yo‘llari ravon bo‘ldi

Sektor a’zolari kelib-ketgach, mahalla yo‘llari ravon bo‘ldi
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘ziga biriktirilgan 4-sektor hududidagi Bekobod tumani fuqarolarining muammolarini o‘rgandi.
Ta’kidlash kerakki, uchrashuvda sektor rahbari uyma-uy yurib, xalq bilan yaqindan muloqot qilishi samarasida aholini qiynayotgan muammolar ijobiy bartaraf etildi.

Sayyor qabulda 50 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, unda 26 nafar fuqarolardan jami 21 ta muammoli masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi, 15 nafar fuqarolarning murojaatlari joyning o‘zida ijobiy hal etildi, 6 nafar fuqarolarga asosli ravishda tushuntirishlar berildi va tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Uchrashuvda ichki yo‘llar ta’miri, ichimlik suvi, gaz ta’minoti, sog‘liqni saqlash kabi o‘nlab muammoli masalalarning atroflicha o‘rganilishi tashkil etildi.

- Men Mirzayev Mirzaahmad. Farhod MFY, Obod ko‘chasida istiqomat qilaman. Ko‘rib turganingizday, ko‘chalarimiz ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. Ob-havoning noqulay paytlarida farzandlarimiz bu yo‘llardan maktabga qatnashga juda qiynaladilar. Ushbu vaziyat yuzasidan bir necha marta tegishli tashkilotlarga murojaat qildik, ta’mirlashga va’da berishdi, lekin shu vaqtgacha hech qanday natija bo‘lmadi. Bugun to‘rtinchi sektor rahbari tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabulda mahallamiz faxriylari mazkur muammo bilan murojaat qildilar. Sektor rahbarining o‘zlari kelib, ko‘chamizni ko‘rdilar va murojaatimizni ijobiy hal qilib berishga va’da berdi. Biz ishonmagandik. Ammo, 2 soat ichida shag‘allar to‘kila boshladi. Hamma xursand, chunki yillar davomida hal etilmagan, aholini qiynab kelayotgan ushbu muammo joyida bartaraf etildi. Mahallamiz fuqarolari nomidan to‘rtinchi sektor rahbariga minnatdorlik bildiramiz.

Mazkur sayyor uchrashuv davomida Qurbon hayiti munosabati bilan kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning holidan xabar olindi. Ularga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatildi.

- Men Muxtaram Eshmurodova. Fayz mahallasi, Nuroniy ko‘chasida istiqomat qilaman. Besh yil oldin qaynonam Zargul Eshmurodova og‘ir xastalik tufayli to‘shakka mixlanib qoldilar. Nogironlik aravachasiga muhtojligimiz bor edi. Bugungi sayyor qabulda mazkur murojaatimni aytdim. Lekin, to‘rtinchi sektor rahbarining o‘zlari xonadonimizga tashrif buyurib, aravacha sovg‘a qilishlarini kutmagandik. Mana nogironlik aravachasini qabul qilib oldik. Quvonchim cheksiz, og‘irimiz ancha yengil bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, bizga yaqindan yordam bergan mutasaddilarga rahmat deyman.

Ta’kidlash kerakki, bugun fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashga munosabat tubdan o‘zgardi. Rahbarlar aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularni eshitish, dardlarini tinglab, unga davo topishni o‘rganmoqda.

To‘rtinchi sektor a’zolari xalq bilan yaqindan muloqot qilish, odamlarning dardu-tashvishini o‘rganish va yechim topish asnosida ularning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlari uchun munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sektor a’zolari kelib-ketgach, mahalla yo‘llari ravon bo‘ldi