13:23 / 13.08.2019
4 145

Qashqadaryoning Muborak tumanida yangi neft koni topildi

Qashqadaryoning Muborak tumanida yangi neft koni topildi
10-avgust kuni Muborak investitsiya blokida yangi neft va gaz kondensati koni ochildi, deb xabar beradi “Daryo.uz”.
Yangi kon “Bahoriston” nomi bilan ataldi.

“Qidiruv burgʻulash ishlari joriy yilning 2-iyun kuni boshlangan. 2445 metr chuqurlikdagi quduqni sinovdan oʻtkazish vaqtida kunlik 100 ming kub metrga teng neft, kondensat va tabiiy gaz oqimi aniqlangan. Olingan uglevodorodlar oqimi hamda geologik maʼlumotlar Oʻzbekistonda Bahoriston nomli yangi neft, gaz va kondensat konining ochilganligi toʻgʻrisida dalolat beradi”, deyiladi Epsilon Development Company LLC xabarida.

Hozirda neft qudugʻuni 3000 metrgacha qazish davom ettirilmoqda. Shuningdek, kompaniya gazni Muborak gazni qayta ishlash zavodiga yetkazish uchun 9,7 kilometr uzunlikdagi yangi gaz quvuri qurishni boshlab yuborgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoning Muborak tumanida yangi neft koni topildi