O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan 2019 yilning 1 noyabridan e’tiboran Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi eng yuqori turizm salohiyatga ega bo‘lgan fuqarolar yig‘inlari (shaharcha, qishloq, ovullar hamda shahar, shaharcha, qishloq va ovullarning mahallalari) ro‘yxatini shakllantira boshlaydi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqarolar yig‘inlari hududlarida 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari yaratilgan taqdirda va sayyohlar uchun kamida besh xil xizmat turi (yashash va/yoki ovqatlantirish xizmatlaridan tashqari) ko‘rsatilgan taqdirda, ularga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» yoki «Turizm ovuli» maqomi beriladi.
2020 yildan boshlab «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» yoki «Turizm ovuli» maqomining berilgan fuqarolar yig‘ini «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlariga kiritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi