16:39 / 14.08.2019
5 001

Qotillikda ayblanib, Toshkentda jazo o‘tayotgan mahkum qochib ketdi

Qotillikda ayblanib, Toshkentda jazo o‘tayotgan mahkum qochib ketdi
Toshkentdagi manzil koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum qochib ketgani rost bo‘lib chiqdi. Buni Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari, adliya maslahatchisi Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.

H.Shamsutddinovga ko‘ra, IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga qarashli 51-sonli manzil koloniyada saqlangan mahkum O.A. Toshkent shahar Sirg‘ali tumanidagi «Uy joy qurilish» MChJ ish ob’ektida shartnoma asosida ishlab kelayotgan edi. U 27.07.2019 yil kuni o‘zboshimchalik bilan o‘talmay qolgan jazo muddatini o‘tashdan bo‘yin tovlab, ish ob’ektini tashlagan holda noma’lum tomonga ketib qolgan.

Hozirgi vaqtda tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Alohida ta’kidlash kerak: mahkum O. A. 2006 yilda Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v»,«i»,«g» bandlari (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni ta’magirlik niyatida qasddan o‘ldirish) bilan aybdor deb topilib, 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qotillikda ayblanib, Toshkentda jazo o‘tayotgan mahkum qochib ketdi