17:02 / 14.08.2019
3 342

O‘zbekistonda turistik startap yoki biznes-g‘oya uchun 100 million so‘mgacha grant beriladi

O‘zbekistonda turistik startap yoki biznes-g‘oya uchun 100 million so‘mgacha grant beriladi
O‘zbekistonda turizm sohasida innovatsion biznes-g‘oya va startaplar taklif qilgan mualliflarga 100 million so‘mgacha (loyiha qiymatining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan holda) grant mablag‘ beriladi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasida turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yangi Farmonida aytib o‘tilgan.

Mazkur grant mablag‘lar qiziqarli biznes-g‘oyalar mualliflariga va ularni amalga oshiruvchilarga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Sayohlik sohasini qo‘llab-quvvatlash byudjetdan tashqari Fondi mablag‘lari hisobidan yetkazib beriladi.

Mazkur hujjatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga bir oy mobaynida sayyohlik yo‘nalishidagi innovatsion g‘oyalar, biznes rejalar va startaplarni tasdiqlash vazifasi yuklatildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda turistik startap yoki biznes-g‘oya uchun 100 million so‘mgacha grant beriladi