10:05 / 15.08.2019
6 583

Rossiyalik ekspert O‘zbekistonda go‘sht narxi nega ko‘tarilayotgani sababini aytdi

Rossiyalik ekspert O‘zbekistonda go‘sht narxi nega ko‘tarilayotgani sababini aytdi
Foto: Sputnik
Rossiya Fanlar akademiyasi huzuridagi V.M.Gorbatov nomidagi oziq-ovqat tizimi, IT-texnologiyalar iqtisodiy-tadqiqot markazi rahbari Dmitriy Gordeyev O‘zbekistonda go‘sht narxi ko‘tarilishining sabablari haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi Sputnik.

Ekspert respublikada go‘sht narxi oshirilishining asosiy mezonlaridan biri sifatida ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasida muvozanat yo‘qligiga e’tibor qaratdi.

«O‘zbekistonda bozorlarga go‘shtni asosan fermerlar yetkazib beradi. Fermerlik xo‘jalik mahsulot ishlab chiqarish hajmi uncha katta emas, narxlar, masalan, don, energiya resurslariga ko‘tarilishi mahsulot tannarxiga bog‘liq», — deydi Gordeyev.

Ekspert ta’kidlashicha, yirik korxonalar turli iqtisodiy silkinishlarni nisbatan yengilroq sezadi.
Bundan tashqari, Qozog‘istondan go‘sht importi O‘zbekiston ichki bozoriga sezilarli ta’sir qiladi.

«Shunga ko‘ra, barcha xatarlar va narx o‘zgarishi mahalliy sanoat yetishmasligi bilan bog‘liq, shuning uchun birinchi navbatda yirik ishlab chiqaruvchilarni rivojlantirish zarur, ular tashqi bozorni ham ta’minlay oladi va xaridorlar uchun sifatli va past narxlarni kafolatlashi mumkin», — deb hisoblaydi ekspert.

Gordeyev iqtisodiyotni davlat tomonidan muvaffaqiyatsiz tartibga solish borasida Kuba va Venesuaelani misol sifatida keltirdi.

«Rossiyada go‘sht narxlari talab va taklif muvozanati hisobiga amalga oshiriladi. Masalan, ichki bozorni tovuq go‘shti bilan to‘ldirishga erishildi va kompaniyalar uzoq vaqt davomida mahsulotlarni past narxda ushlab turishmoqda: bozor mahsulotga to‘lgan va narxni oshirish uchun hech qanday sabab yo‘q. Bundan tashqari, bu firmalarni xalqaro tashqi bozorlarga chiqish va u yerda mahsulotlarni sotishga undamoqda», — deydi ekspert.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyalik ekspert O‘zbekistonda go‘sht narxi nega ko‘tarilayotgani sababini aytdi