O‘zbekistonda 15 avgustdan boshlab elektr energiyasi, tabiiy gaz, benzin va dizel yoqilg‘isining yangi narxlari kuchga kirdi.
Adliya vazirligi Telegram-kanalida xabar qilinishicha, 15 avgustdan boshlab aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gazning bir kubometri, hisobga olish priborlari mavjud bo‘lsa, 380 so‘m yoki 0,04 dollarni tashkil etdi (bungacha - 320 so‘m, o‘sish 18,7%). Hisobga olish priborlari mavjud bo‘lmaganda, ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun gazning bir kubometri 660 so‘m yoki 0,07 dollarni tashkil etadi (bungacha - 553 so‘m, +19,3%), isitish uchun - 380 so‘m yoki 0,04 dollar (bungacha - 320 so‘m, +18,7%).
Maishiy ehtiyojlar uchun aholiga sotiladigan 1 kg suyultirilgan gaz uchun - 1120 so‘m ($0,12). Bungacha 950 so‘m edi (17,8%).
Elektr energiyasi maishiy iste’molchilar uchun 1 kVt/soat - 295 so‘m (bungacha 250 so‘m) yoki $0,03 (+18%). Iste’molchilarning boshqa toifasi uchun 1 kVt/soat - 450 so‘m.
O‘zbekistonda 15 avgustdan benzin uchun yangi narxlar:
- AI-80 - bir litr uchun 4 500 so‘m yoki $0,5 (+500 so‘m);
- Dizel yoqilg‘isi - bir litr uchun 5400 so‘m yoki $0,6 (+600 so‘m);
- EKO dizel yoqilg‘isi - bir litr 5700 so‘m yoki $0,63 (+1200 so‘m).
So‘nggi bor benzin va dizel yoqilg‘isi, shuningdek, gaz hamda elektr energiyasiga narxlar o‘tgan yilning noyabr oyida oshgandi.
Eslatib o‘tamiz, 1 avgustdan O‘zbekistonda eng kam ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori o‘rtacha 10 foizga ko‘tarildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi