O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev turizm sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida farmon imzolagani haqida xabar bergandik.
Farmonga muvofiq, 2023 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar:
- yetib borish qiyin bo‘lgan va chekka joylarda kemping va «safari» turizmi xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar foyda, yer va mol-mulk solig‘i hamda yagona soliq to‘lovi;
- yuridik shaxslar jahon standartlariga mos golf majmualarini barpo etish loyihasi doirasida foyda, yer va mol-mulk solig‘idan, jalb qilingan xorijiy mutaxassisga haq to‘lashda yagona ijtimoiy to‘lovdan, loyiha uchun tovarlarni olib kirishda bojxona boji va aksiz solig‘idan;
- zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etadigan yuridik shaxslar ushbu faoliyat bo‘yicha foyda, yer va mol-mulk solig‘i hamda yagona soliq to‘lovidan;
- respublikaga olib kiriladigan dor (osma) yo‘llarini, «banji-jamping» va «ziplayn» attraksionlarini, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar, gondolalar, «rafting» va «flaybording» uchun uskunalar, shuningdek, «buggy car», faetonlar, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan (g‘ildirak ustidagi uylar) yoki kafe-furgonlarga aylantirilgan («fudtrak») yer usti transport vositalari bojxona boji va aksiz solig‘idan ozod etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi