17:05 / 15.08.2019
4 028

Hojilarni qanday kutib olish kerak?

Hojilarni qanday kutib olish kerak?
Yaqin kunlarda vatandoshlar islomning beshinchi ustuni va farzi sanalmish Haj amallarini bajarib bag‘rimizga qaytadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi eslatmoqda.

Ulardan duo olish, Baytulloh, Arafot, Mino haqida, shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning masjidlari hamda ravzalari xususida eshitish maqsadida uzoq yaqindan qarindosh-urug‘, tanish-notanishlar hojilarning ziyoratiga chog‘lanadi.

Tabiiyki, urf-odatlarga ko‘ra hojilarni kutib olish uchun ziyofatlar uyushtirilib, dasturxonlar yoziladi. Bu yaxshi albatta. Zero, Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, mehmonini ikrom qilsin», deganlar.

Ammo dinimizda har qanday ziyofat, to‘y va marosimlarda mo‘’tadillikka rioya etishga targ‘ib qilinadi, isrofgarlik esa qattiq qoralanadi.

Demak, hojilarni kutib olar ekanmiz, manmanlik, kibr va maqtanish bilan, «odamlar ko‘rib qo‘ysin hoji bo‘lganimni» yoki «ota-onamni hoji bo‘lganligini hamma bilsin» degan fikrlardan yiroq bo‘lib, isrof, takabburlik va g‘ururdan xoli, kamtarona, ko‘proq nochor va haqdorlarga dasturxon yozish haqiqiy hojilarga xos amal hisoblanadi. Chunki haj amalini bajarib eson-omon vataniga qaytgan musulmon o‘zgalarga ibrat bo‘lib hayot kechirmog‘i, taqvodor kishilardek amal qilishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hojilarni qanday kutib olish kerak?