3 470
Rasul Kusherboyev: "Jurnalistga zo‘ravonlik qilgan hokim o‘rinbosari lavozimini tark etishi kerak"
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev «Kun.uz» muxbiriga zo‘ravonlik qilgan Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari jurnalistlarning huquqlari qonun bilan himoya qilinishini eslatdi.
Olmazor tuman hokimligiga eslatma!
— Jurnalist o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida ma’lumotlarni belgilangan tartibda yozib olish, shu jumladan, zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish huquqiga ega.
— Jurnalist jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi.
— Jurnalist axborot to‘plash va tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega.
— Jurnalist o‘z tekshiruvlarining natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishga, ularni davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin.
— Jurnalist tekshiruvi davrida u qo‘lga kiritgan materiallar va hujjatlar olib qo‘yilishi yoki ko‘zdan kechirilishi mumkin emas.
— Davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini ta’minlaydi.
— Jurnalistning jurnalistlik faoliyatiga aralashish, undan o‘z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog‘ida olgan biror bir ma’lumotni talab etish taqiqlanadi.
— Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari jurnalistga tazyiq o‘tkazganlik, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik, jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yganlik uchun javobgarlikka tortiladi.
— Jurnalistning belgilangan huquqlarini buzganlik, uning jurnalistlik kasbiga doir faoliyati bilan bog‘liq holda sha’ni va qadr-qimmatini haqorat qilganlik, uning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga tahdid, zo‘ravonlik yoki tajovuz qilganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
«Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunidan.
«Qonun talablaridan kelib chiqib, Olmazorning zo‘ravon hokimi o‘rinbosari ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi, o‘zini ko‘cha zo‘ravonidek tutib, hokimiyat nomiga dog‘ tushirgani, rahbarlikka noqobilligi uchun lavozimini tark etishi kerak», — deb yozadi deputat. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi