10:55 / 16.08.2019
6 443

Jahongir Ortiqxo‘jayev va «Kun.uz» jurnalistlariga tajovuz qilgan hokim o‘rinbosari

Jahongir Ortiqxo‘jayev va «Kun.uz» jurnalistlariga tajovuz qilgan hokim o‘rinbosari
Foto: «Qo‘shni mahalla»
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov (oq futbolkada) va kechagi kun qahramoni — Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov (qora futbolkada), deb fotoxabar tarqatdi telegramdagi «Qo‘shni mahalla» kanali.

«Ayni daqiqalar. Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘i yonida. Aftidan, kechagi voqealar muhokama qilinayotganga o‘xshaydi...», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 14 avgust kuni Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahabov surishtiruv uchun oldiga kelgan «Kun.uz» xodimlariga tajovuz qilgan, ularning shaxsiy mulkiga zarar yetkazgandi.

Oliy Majlis deputati va boshqa tashkilotlar Olmazor tumani hokimi o‘rinbosarining xatti-harakatlarini qoralab, uning javobgarlikka tortilishi masalasi ko‘rilishi lozimligini qayd etishgandi.

Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, «Kun.uz» sayti muxbiri va Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari o‘rtasida yuz bergan noxush hodisaga aloqador barcha holatlarni aniqlashtirish uchun vaziyat o‘rganilmoqda. Hokimlik bugun soat 15:00 ga qadar voqea tafsilotlarini ma’lum qilishini bildirgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jahongir Ortiqxo‘jayev va «Kun.uz» jurnalistlariga tajovuz qilgan hokim o‘rinbosari