Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha ma’lumot test sinovlari yakunlangan kundan boshlab bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Talabalikka tavsiya qilinmagan abituriyentlar belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
Belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha ravishda to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qishga qabul qilish Oliy ta’lim muassasalarining takliflariga muvofiq, ularning imkoniyatlari, tanlov va to‘plangan ballar miqdoridan kelib chiqib, Davlat komissiyasi qarori asosida belgilanadi.
Qo‘shimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy ta’lim muassasalari tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15 oktyabrga qadar Davlat komissiyasiga kiritiladi.
Davlat komissiyasi oliy ta’lim muassasalarining imkoniyati, tanlov va to‘plangan ballar miqdoridan kelib chiqib, oshirilgan to‘lov-kontrakt sharti bilan abituriyentlarni qo‘shimcha qabul qilish ko‘rsatkichlari yuzasidan 20 oktyabrga qadar qaror qabul qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring