18:39 / 16.08.2019
2 724

Ichimlik suvini o‘g‘irlagan shaxs 22 mln. 322 ming so‘m zararni to‘lab berdi

Ichimlik suvini o‘g‘irlagan shaxs 22 mln. 322 ming so‘m zararni to‘lab berdi
Majburiy ijro byurosi Rishton tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.11.2017 yildagi “Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5241-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida, O‘zbekiston tumanida yashovchi fuqaro M.K. Rishton va O‘zbekiston tumanlari chegarasida joylashgan mevazor bog‘iga umumiy magistraldan vodoprovod tarmog‘iga yashirin ravishda hisoblagichsiz ulanib olganligi aniqlangan.
Xususan, fuqaro M.K. «So‘x» soyining ustidan kesib o‘tuvchi D-300 mm.li bo‘lgan magistral suv tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi oqibatida 22 mln. 322 ming so‘mlik zarar yetkazilganligi hisoblangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, huquqbuzar M.K.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 185-2-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirilib, Jinoyat Kodeksining 185-2-moddasi 6-qismida nazarda tutilgan “Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi” deb ko‘rsatilganligi hamda zararni to‘liq qoplamasa, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritish umumiy tartibda davom ettirilishi mumkinligi tushuntirilgan va bu haqda bayonnoma tuzilgan.

O‘zining sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishini mohiyatini to‘liq anglagan M.K. “Suvoqava” davlat unitar korxonasiga yetkazilgan 22 mln. 322 ming so‘m zararni to‘liq qoplagan. Shunga ko‘ra, M.K.ning ayblilik masalasini hal qilmasdan turib O‘zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichimlik suvini o‘g‘irlagan shaxs 22 mln. 322 ming so‘m zararni to‘lab berdi