21:11 / 16.08.2019
3 919

«Kun.uz» xodimlariga zo‘ravonlik qilgan hokim o‘rinbosari vaziyatga izoh berdi (video)

«Kun.uz» xodimlariga zo‘ravonlik qilgan hokim o‘rinbosari vaziyatga izoh berdi (video)
15 avgust, payshanba kuni Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobovning «Kun.uz» muxbirlariga qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan videolavha e’lon qilingan edi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi o‘rganish o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Deputat Rasul Kusherboyev jurnalistlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan hokim o‘rinbosari o‘z lavozimini tark etishi kerakligi haqida fikr bildirdi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov bilan suhbatlashdi hamda holat yuzasidan uning munosabatini e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Kun.uz» xodimlariga zo‘ravonlik qilgan hokim o‘rinbosari vaziyatga izoh berdi (video)