09:23 / 17.08.2019
3 631

Tadbirkorga qo‘pol munosabatda bo‘lgan Vazirlar Mahkamasi xodimi ishdan olindi (video)

Tadbirkorga qo‘pol munosabatda bo‘lgan Vazirlar Mahkamasi xodimi ishdan olindi (video)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z rasmiy saytida hukumat xodimi va o‘zini tadbirkor deb atagan fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv yuzasidan bayonot e’lon qildi.

Bayonotda “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlarda 2019 yil 16 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi xodimi va o‘zini tadbirkor, deb atagan fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv aks etgan video e’lon qilingani va muhokamalarga sabab bo‘lgani qayd etilgan.

"Mazkur masala yuzasidan fuqaro bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan xodim ustidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasi xodimi xizmat vazifasiga nomuvofiq, deb topildi va egallab turgan lavozimidan ozod qilindi", - deyiladi bayonotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorga qo‘pol munosabatda bo‘lgan Vazirlar Mahkamasi xodimi ishdan olindi (video)