11:03 / 17.08.2019
2 391

Toshkent va Ashxobod o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanishi kutilyapti

Toshkent va Ashxobod o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanishi kutilyapti
2019 yilning 16 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ashxobod shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mintaqalararo hamkorlikni faollashtirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, shu jumladan Toshkent-Ashxobod to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo yo‘lini tiklash, ikki mamlakatning viloyat markazlari o‘rtasida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning o‘zaro tashriflari tartibini soddalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi, deyiladi TIV xabarida.

Maslahatlashuvlar yakuniga ko‘ra, vazirlar O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent va Ashxobod o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanishi kutilyapti