11:50 / 17.08.2019
2 318

Internetga qiziqish o‘smirlarni sog‘lig‘i va baxtidan mahrum qiladi

Internetga qiziqish o‘smirlarni sog‘lig‘i va baxtidan mahrum qiladi
Internetga qiziqish o‘smirlarning uyqusi va baxtdan mahrum qiladi, deb xabar qildi The Lancet tibbiyot jurnali.

London universitet kollejining bolalar sog‘lig‘i instituti va London Imperial kolleji tibbiy instituti olimlari kuniga uch martadan ko‘p ijtimoiy tarmoqlarga kiradigan bolalarda o‘zini baxtsiz his qilish, bezovta bo‘lish, hayotdan nolib yashash holatlari aniqlandi. Bu o‘smirlar yomon uxlaydi va jismoniy sog‘lig‘i zaiflashadi.

Gap ijtimoiy tarmoqda emas, o‘smirlar internetdan juda erta faol foydalanishni boshlaydi.
Mutaxassislar uch yil davomida 13 dan 16 yoshgacha bo‘lgan 13 ming nafar o‘smirning hayot tarzi, internetdagi faoliklari va sog‘lig‘i ahvoli haqida ma’lumotlarni to‘plashni kuzatishgan.

Shu vaqt davomida voyaga yetmagan bolalar ijtimoiy tarmoqlardan ko‘proq foydalanishni boshlashgan.
Agar 2013 yilda ularning yarmidan kami kuniga bir necha marta internetga kirgan bo‘lsa, 2015 yilga kelib ularning deyarli 70 foizi faol foydalanuvchiga aylangan.

O‘g‘il bolalar orasida faol foydalanuvchilarning soni 43 foizdan 69 foizga ortgan. Qizlar soni esa 51 foizdan 75 foizgacha oshgan. Ular eng ko‘p Facebook, Instagram, Twitter, Snapchat, WhatsApp, boshqa tarmoqlar va messendjerlarga kirishgan.

“Farzandlarning ijtimoiy muhitidan onlayn ham, real hayotidan ham xabardor bo‘lish zarur. Ularga smartfonda doimiy ravishda o‘tirmaslikni eqtirishdan ko‘ra, ularni yotishdan oldin qurilmalarni yotoqxonaga olib kirmaslikka ishontirish kerak. Shunda ular yaxshiroq uxlashadi”, - deyilgan maqolada.

Mutaxassislar yoshlarga real hayotda do‘stlar bilan aloqani yo‘qotmasliklari va o‘z uyqusini kuzatib borishni maslahat berishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Internetga qiziqish o‘smirlarni sog‘lig‘i va baxtidan mahrum qiladi