15:13 / 17.08.2019
2 793

Adliya vazirligining vakolatlaridan biri qisqaradi

Adliya vazirligining vakolatlaridan biri qisqaradi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun deputatlar tomonidan 16 ta masala muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Xususan:
— “Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi;
— “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari.

Shuningdek:
— “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida»gi;
— “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 96 va 117 moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi;
— “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari va yana boshqa qator masalalar kun tartibidan o‘rin olgan.

“Yuksalish” umummilliy harakati xabariga ko‘ra, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini maqsadi — idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar normalarini yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun hujjatlariga o‘tkazish hamda qonunchilikni tizimlashtirish doirasida har bir idoraning vakolatini bosqichma-bosqich kamaytirish va bekor qilish bo‘yicha tegishli vazifalarni amalga oshirish.

Shunga ko‘ra, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish tartibini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakolatidan chiqarilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanishi bo‘yicha o‘zgartirish kiritish nazarda tutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligining vakolatlaridan biri qisqaradi